Xo'jayli aloqa kasb-hunar kolleji
 
 
Bosh sahifa

Bosh sahifa

Xo’jayli aloqa kasb-hunar kolleji 2008 yili yangi qurilish hisobidan qurilib foydalanishga topshirildi. Ta’lim muassasasining o’quvchi o’rni quvvati 435 o’rinli.

Kasb-hunar kollejida 5 ta yo’nalish («Komp’yuter va komp’yuter tarmoqlarini ta’mirlash va sozlash bo’yicha texnik», «Pochta aloqasi xizmatlarini tashkil etish bo’yicha mutaxassis», «Radioelektron apparaturalarni montaj qilish, sozlash va ta’mirlash texnigi», «Telekommunikatsiya tizimlarini montaj qilish va ishlatish texnigi» va «Elektrstantsiyalar, elektr jihozlar va elektr qurilmalarini montaj qilish, xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnik –elektrigi») bo’yicha 574 ta talaba tahsil olmoqda.

Ushbu o’quvchi yoshlarga 59 nafar pedagog va muxandis-pedagog kadrlar ta’lim-tarbiya berishmoqda. Ulardan 40 nafari umumta’lim, 19 nafari maxsus fan, 16 nafari ishlab chiqarish ta’lim ustalari tashkil etadi.

Ta’lim muassasasida bilim olishayotgan o’quvchilarga samarali bilim olishlari uchun kimyo, fizika, biologiya, matematika, astoronomiya va boshqada umumta’lim fanlari o’quv-laboratoriya hamda amaliyot xonalari, 1 ta komp’yuter sinfi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, kutubxona va boshqada maxsus fan xonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Kollejning axborot-resurs markazida jami 4320 kitob mavjud, ulardan darsliklar-2920, o’quv qo’llanmalar-1240, o’quv uslubiy majmualar-160. Elektron darsliklar soni - 48 ta.

Kollej o’qituvchilarning malaka oshirishgan o’qituvchilar soni-26 ta.

Kollej talabalaridan 1-kurs 120 talaba, 2-kursda 201 talaba, 3-kursda 212 talabadir. Kollej talabalaridan 2 ta chin etim, 7 ta nogiron, 34 ta kam ta’minlangan, 39 ta yarim etim talabalar mavjud. Kollejda o’tkazilayotgan har bir tadbirlarda shu talabalarga moddiy va ma’naviy yordam berilmoqda. Kollejning o’qituvchilar nogiron o’quvchilarining uylariga reja asosida borib o’qitmoqda.

Kollej atrofida obodonlashtirish ishlarida mustaqilligimizning 20 yilligiga bag’ishlanib har o’qituvchi va o’quv ishlab chiqarish ta’lim ustalari va o’quvchilar birgalikda shanbaliklar qilindi. Shu shanbalik vaqtida har xil meva daraxtlardan 12000 tup, manzarali darxtlardan 16500 tup, chullikdan 9200 tup, jami 28 500 tup nal o’tqazildi.

Kollejda o’quvchi talabalar uchun fan va sport bo’yicha 24 ta to’garaklar ishlab turibdi, unga 282 ta talabalar qatnashmoqda.

O’quvchilarning ongini rivojlantirish va bilim doirasini oshirish uchun har bir belgili sanalarga bag’ishlab ilmiy-siyosiy, badiy-adabiy kechalar o’tkazilmoqda.  Shulardan 2010-2011-oquv yilida 8-dekabr’ “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kuniga bag’ishlab “Siz nizomni bilasiz-mi?”, 14-yanvar’ “Vatan himoyachilari” kuniga “Veteranlar bilan uchrashuvlar”, 29-yanvar’ kuni “Ochiq eshiklar” kuni, 9-fevral’ “Alisher Navoyining ruhini shod etib” kechalari o’tkazildi.

Kollejda har oyning 15-sanasida talabalarning ota-onalari bilan majlislar o’tkazilmoqda. Unda talabalarning kiyinish madaniyati, tartibi, o’quvga qatnashishi va boshqada masalalar qaralmoqda. 2010-2011 oquv yilida kollejni birinchi bitiruvchi kurslardan 161 ta talaba tashkil etadi.

2010-2011 oquv yilida kollejning mutaxassisliklarga mos ishlab chiqarish karxonalari bilan  hamkorlikni tashkil qilish maqsadida 2 va 3-kurslarda ta’lim olishayotgan 373 nafar o’quvchining tuman hokimligi bilan hamkorlikda karxona (tashkilot va muassasa)larda ishlab chiqarish  amaliyotlarini o’tash bo’yicha biriktirish, ularga yuqori malakali mutaxassislarni rahbarlik qilish ishlari tashkil etildi. Jumladan «Orbita servis» MCHJ Xo’jayli filiali, «Qoraqalpoq elektr tarmoqlari» Xo’jayli filiali, «Qoraqalpoq pochta aloqasi» Xo’jayli filiali, «Xo’jayli nagironlar jamiyati» korxonasi, «Orbita servis» MCHJ Nukus filiali korxonalariga ishlab chiqarish amaliyotni o’tash jarayonida nazariy bilimlarni, amaliy jihatdan qo’llash bilan birga maxsus tashkil etilgan amaliyot xonalarda zamonaviy jihozlar va texnikalar bilan yaqindan tanishadi va ko’nikmalarga ega bo’ladi.

2010-2011 o’quv yilida 160 nafar o’quvchi bitirishi kutilmoqda. Shundan bugingi kunga kelib korxona – kollej - bitiruvchilari o’rtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzish 2011 yilning 1-martigacha 100 % ga bajarildi. Jumladan:

-         mutaxassisligi bo’yicha ishlab chiqarish karxonalari bilan 71 ta talaba

-         Davlat karxonalari bilan 36 ta talaba;

-         Xususiy karxonalar bilan 11 ta talaba;

-         Fermer xo’jaliklar bilan 34 ta talaba;

-         Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari bilan 8 ta talaba;

Kollej talabalarining o’quv amaliyot davrida texnika xavfsizligi bo’yicha daftar tutilgan va ular amaliyotga borgan vaqtlari u bilan tanishib, tanishganligi haqida imzo qo’yishadilar. Kollej talabalarining o’quv amaliyot davrida bekitilgan karxonalar va ulardagi mutaxassislar quyidagicha:

1.      Elektr tarmoqlari va jihozlarini ishlatish mutaxassisligi - Qoraqalpoq elektr tarmoqlari Xo’jayli tumani filiali, bekitilgan mutaxassis - Muxandis I. Ibragmimov

2.      Televidenie, radioaloqa va televidenie vositalariga texnik xizmat ko’rsatish mutaxassisligi - «Orbita servis» JCHJ Nukus filiali, bekitilgan mutaxassis –

      Usta J. Jumabekov

3.      Radiotexnika va teleapparaturalarga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash mutaxassisligi - «Orbita servis» JCHJ Xo’jayli filiali, bekitilgan mutaxassis - Usta M. Azevberdiev

4.      Pochta aloqasi xizmatlarini tashkil etish mutaxassisligi - Qoraqalpoq pochta aloqasi Xo’jayli tumani filiali, bekitilgan mutaxassis – Texnik A. Zairova

5.      Informatika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi - Xo’jayli tumani nogironlarlar jamiyati (komp’yuter xona), bekitilgan mutaxassis – Muhandis A. Toremuratov.

Xo’jayli aloqa kasb-hunar kollejiga 2011-2012 o’quv yili uchun reja bo’yicha umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan 120 ta o’quvchi qabul qilinish rejalashtirilgan. Ular quyidagi mutaxassisliklarga taqsimlanadi:

1.      Elektr tarmoklari va jixozlarin montaj kilish;

2.      Pochta xizmatlarini tashkil etish;

3.      Hisoblash mashinalari, majmualari, tizimlari va tarmoqlari;

4.      Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari ta’mirlash va montaj qilish;

Xo’jayli aloqa kasb-hunar kollejiga yangi qurilish hisobidan solinganligi tufayli unda o’quvchilarga ko’rsatma qurol uchun foydalanishga asbob-uskunalar berilmagan, lekin boshqa karxonalar tomonidan ko’rsatma qurollar berilmoqda, shulardan:

1.      Qoraqalpog’iston Respublikasi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Boshqarmasi tomonidan Ximiya, Fizika va Biologiya o’quv laboratoriya jihozlari berildi.

2.      TUMMS karxonasi tomonidan 4 ta pribor berildi.

3.      Qoraqalpoq telekom filiali Xo’jayli tumani telekommunikatsiya tarmog’i tomonidan o’quv amaliyotini o’tish uchun o’quv poligina (3 ta ustun, kabellari, kabel qutisi, kabel maydonchasi) qurib berishdi.